Bosh sahifa
BlogYangiliklarENIngliz kitoblariRURus kitoblari
Asrni qaritgan kun

Badiiy adabiyot

Asrni qaritgan kun

Chingiz Aytmatov

“Manqurt” atamasi ilk bora tilga olingan ushbu asar nimasi bilan kitobxonga yaqin?‎ Asarning asosiy qahramonlari bo‘lgan oddiy mehnat kishilari - Edigey Bo‘ron, Kazangap, ‎Bo‘key, Ukkubola, Abutolib Quttiboyev, Zarifa obrazlaridagi o‘ziga xos xarakter, ichki ‎olam, ular boshidan kechgan musibat kitobxon qalbiga shu darajada yaqinki, go‘yoki ular ‎bizdan unchalik ham olisda emasdek...‎Kazangapni Bo‘ronli bekatidan uncha uzoq bo‘lmagan Ona Bayit qabristoniga dafn etishga ‎undagan sabab hamda Nayman onaning farzandi tomonidan fojiali o‘ldirilishi ‎o‘rtasidagi bog‘liqlik asarning butun bir mohiyatini ochib beradi.‎ Manqurtga aylangan farzandi Jo‘lomonni nihoyat ming azoblar bilan topgan onaizor o‘z ‎bolasiga onasi ekanligini uqtirolmaydi. Xuddi shuningdek, insoniy tuyg‘ularidan ‎mosuvo bo‘lgan, hatto otasining mayitini qayerga ko‘mish kerakligiga befarq bo‘lmagan ‎holda, qabr uchun tanlangan makonga bepisandlarcha qaragan ongli Sobitjon yangi zamon ‎manqurti sifatida tasvirlanadi.

Sahifalar soni
432
Til
O'zbek
Muqova turi
Qattiq muqova
Nashr yili
2019
Yozuv turi
Krill

40 000 so'm

Sharhlar

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar

Ла Элиза

Ла Элиза

Ана Шерри
105 000 so'm
Мы

Мы

Евгений Замятин
55 000 so'm
Уильям Моэм

Уильям Моэм

Театр
55 000 so'm
Ла Элиза

Ла Элиза

Ана Шерри
105 000 so'm
Мы

Мы

Евгений Замятин
55 000 so'm
Уильям Моэм

Уильям Моэм

Театр
55 000 so'm