
Badiiy
Oqbo'yin
Normurod Norqobilov
"Oqbo‘yin" qissasida hayvonlar obrazida insoniy fazilatlar chuqur ochib beriladi. Oqbo‘yin, uning onasi, Olapar, Malla, To‘rtko‘z kabi itlar orqali yozuvchi hayvonlarning ham tuyg‘uli mavjudot ekanini ko‘rsatadi. Bu holat ayniqsa Oqbo‘yinning onasida yorqin tasvirlangan. U har gal mehmonlar kelgach, u bezovta bo‘ladi, g‘ingshib chiqadi. Chunki oldingi safar bolalaridan biri yo‘qolgan. Farzanddan ayrilish hayvonga ham azob ekanini ko‘rsatadi bu holat. Oqbo‘yin esa ziyrak, sabrli, g‘ururli va izzat-nafsli it sifatida gavdalanadi. Podachining qattiq muomalasiga bardosh beradi, lekin or-nomusini yo‘qotmaydi. Karim podachining unga nisbatan zo'ravonligi, tahdidlari o'quvchida salbiy taassurot qoldiradi. Yozuvchi bu obraz orqali shafqatsiz, tabiatga befarq kishilarga tanqidiy munosabat bildiradi. Rasul esa aksincha, mehrli, halol va sadoqatli inson sifatida tasvirlanadi. U Oqbo'yin kasal bo'lganda unga yordam berish uchun jon-jahdi bilan harakat qiladi. Do'xtirni olib keladi, evaziga xizmat qilishga ham tayyor. Bu do'stlik samimiy va ta'sirli tasvirlangan. Asarning ayni shu syujetlari o'quvchilarga kuchli ta'sir ko'rsatadi, chunki inson va hayvonlar o'rtasidagi sof va samimiy do'stlik yosh avlod qalbida yaxshilik, ezgulik hislarini yanada jo'sh urishiga sabab bo'ladi
- Sahifalar soni
- 225
- Til
- O'zbek
- Muqova turi
- Yumshoq muqova
- Nashr yili
- 2024
- Yozuv turi
- Lotin
35 000 so'm
Sharhlar
Sharh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!
O'xshash kitoblar

Qanday qilib ko'proq do'stga ega bo'lish va odamlarda yaxshi taassurot qoldirish mumkin?
Deyl Karnegi


