Bosh sahifa
BlogYangiliklarENIngliz kitoblariRURus kitoblari
O'zingga xush kelding

Psixologiya va shaxsiy rivojlanish

O'zingga xush kelding

Mirach Chag'ri Oqtosh

Manzilni taqdir belgilaydi. Inson esa yo‘lovchi, to‘g‘ri yo‘lni topish, yurishdan to‘xtamaslik uning asosiy vazifasi. Yo‘l-yo‘lakay hayot haqida o‘ylab olishga ulgurish esa hammasidan muhim. Hayot haqida o‘ylash o‘zlikni anglashdan, tuyg‘ularni taftish qilishdan boshlanadi. Mirach Chag‘ri Oqtoshning qo‘lingizdagi navbatdagi esse-kitobi bu borada siz bilan dardlashadi, sirlashadi. Senga o‘zingdan boshqa hech kim kerak emas. Eng yomon kuningni esla: "Men yoningdaman", deganlar ko‘p edi, lekin o‘sha og‘ir kunlarda yolg‘iz qolib ketmadingmi? Yiqilgan payting yana o‘zingga suyanib, o‘rningdan turmadingmi? To‘yib ketgan paytlaring yolg‘iz yig‘lamadingmi? Sendan so‘rayapman, nomunosib odamlar uchun o‘zingga nisbatan yetarlicha nohaqlik qilmadingmi? Odamlar keladi va ketadi. Qoladigani esa faqat sensan. O‘zingga o‘zing uchun g‘amxo‘rlik qil. O‘zingni o‘zing uchun ehtiyot qil. Hamma ketadi, sen qolasan. Yiqilsang, o‘zing oyoqqa turasan. Yaralansang, yarangni o‘zing davolaysan. Har doimgidek senga “Yoningdaman” deydiganlar bo‘ladi va yana shuncha dardni bir o‘zing yengib o‘tasan. Kimdir seni quchib taskin berishiga ehtiyoj sezasan va atrofga boqasan. Tevarak atrofingda bunday kimsaga ko‘zing tushmaydi, yana o‘zingni bag‘ringga bosasan. O‘zingni ehtiyot qil. Senga hammadan ko‘p o‘zing keraksan.

Sahifalar soni
206
Til
O'zbek
Muqova turi
Yumshoq muqova
Nashr yili
2021
Yozuv turi
Lotin

50 000 so'm

Sharhlar

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar

Love Yourself tender

Love Yourself tender

Olga Primachenko
50 000 so'm
Meditations

Meditations

Marcus Aurelius
50 000 so'm
Love Yourself tender

Love Yourself tender

Olga Primachenko
50 000 so'm
Meditations

Meditations

Marcus Aurelius
50 000 so'm