
Badiiy
Menga baxtni ko'rsat
Ezgin Kilich
Qachondir yoningda bo‘lishimni istasangu, lekin buning iloji bo‘lmasa, ko‘zlaringni mahkam yum va qo‘llaringni yuragingning ustiga qo‘y. Men sening ko‘z qovoqlaring ortidagi qorong‘ilikda, yuragingning har bir urishida bo‘laman. Qachonki kemaga chiqadigan bo‘lsang, sochlaringning orasidan o‘tgan shamol emas, mening barmoqlarim bo‘ladi. O‘qiyotgan kitobingning har bir satrida yoki tinglayotgan qo‘shig‘ingning musiqasida nafas olishni davom ettiraman. Yomg‘irli kunda yelkangdan o‘padigan yomg‘ir tomchisi qiyofasida ham yoningda bo‘lishim mumkin. Balki, hidlash uchun qo‘lingni uzatgan gul bargidan uchib ketayotgan kapalak bo‘larman. Meni qanchalik ko‘p his qilishni xohlasang, men ham shunchalik ko‘p yoningda bo‘lishni davom ettiraman. Yuragingning pardasini hech qachon berkitib qo‘yma. Yorug‘likning ichkariga kirishiga ruxsat ber. Tabassum qilmoq senga yarashadi, aslo qovog‘ingni uyma ... Baxtiyorlik - ulkan va behisob qiyinchiliklarga bardosh bergan insonlarning haqqidir. Maqtanib aytishga arziydigan kunlarni va orzularingdagidek ajoyib hayotni yasha. Ko‘zlaringni yum va ikkalamiz suhbatlashadigan lahzalar uchun ajoyib xotiralarni yig‘ib qo‘y. Axir, qayg‘uni, qayerda bo‘lsa ham, tanib olaman, menga baxtni ko'rsat ....
- Sahifalar soni
- 176
- Til
- O'zbek
- Muqova turi
- Yumshoq muqova
- Nashr yili
- 2022
- Yozuv turi
- Lotin
35 000 so'm
Sharhlar
Sharh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!
O'xshash kitoblar

Qanday qilib ko'proq do'stga ega bo'lish va odamlarda yaxshi taassurot qoldirish mumkin?
Deyl Karnegi


