Bosh sahifa
BlogYangiliklarENIngliz kitoblariRURus kitoblari
Uch mushketyor

Badiiy adabiyot

Uch mushketyor

Aleksandr Dyuma

Ushbu kitob fransuz Aleksandr Dyuma (1802-1870) qalamiga mansub "Les trois mousquetaires" romanining rus tili orqali B. Boyqobilov va S. To‘raxonovalar tomonidan "Uch mushketyor" nomi ostida tarjima qilingan ko‘rinishidir. Shuni bilingki, badiiy asarni tarjima qilish (ayniqsa, turkiy tillarga mansub bo‘lmagan tildan tarjima qilish) shu asarni qaytadan yozish bilan teng qiyinchilikka ega. Shu tildagi iboralarni so‘zlarni, jumlalarni yoki maqol-matallarni maromiga yetkazib tarjima qilish juda mushkul ish hisoblanadi. Chunki bunda tarjimondan bevosita eng kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilish, shuningdek, o‘sha til egalari - xalqning turmush tarzi, etnografiyasini, madaniyati va tarixini mukammal bilish talab etiladi. Shuning uchun B. Boyqobilov va S. To‘raxonovalar ham doimo xalqimizning, ayniqsa o‘quvchi yoshlarimizning tahsin-u tashakkuriga sazovor bo‘lgan. Biz ham shular qatorida tarjimon - B. Boyqobilov va S. To‘raxonovalardan ushbu xizmatlari uchun behad xursandmiz. "Uch mushketyor" asari - jahon adabiyotining o‘lmas durdonalaridan biri hisoblanadi! Bu asar nafaqat badiiy kitob orqali, balki yurtimiz telekanallarida yiliga bir necha bor berilgan videofilmi orqali ham juda mashhur. Ushbu asar vatanimizda bir necha bor qayta chop etilgan. Chunki har doim bu kitobga talab katta bo‘lgan va barcha, katta-yu kichik sevib o‘qiydi. Asarni o‘qish davomida XVII asrda Fransiyada bo‘lib o‘tgan voqealarning ham biroz tahliliga duch kelasiz. Asarda o‘sha davr urf-odatlari ham yorqin ranglarda tasvirlangan.

Sahifalar soni
752
Til
O'zbek
Muqova turi
Qattiq muqova
Nashr yili
2019
Yozuv turi
Lotin

60 000 so'm

Sharhlar

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar

Ла Элиза

Ла Элиза

Ана Шерри
105 000 so'm
Мы

Мы

Евгений Замятин
55 000 so'm
Уильям Моэм

Уильям Моэм

Театр
55 000 so'm
Ла Элиза

Ла Элиза

Ана Шерри
105 000 so'm
Мы

Мы

Евгений Замятин
55 000 so'm
Уильям Моэм

Уильям Моэм

Театр
55 000 so'm