
Badiiy
Yuragimda sensan...
Elzod Sultonov:
Sevgi-muhabbat tuygʻusi nafaqat insonning tanasidan, balki uni oʻrab turgan olam-tevarakdan kengroq tushuncha. "Muhabbat" deya atalmish tilsimot unga rohat baxsh etish bilan birga xuddi shu kabi ogʻriq va azoblarga duchor qiladi ham. Bir vaqtning oʻzida ham rohatlanish, ham azoblanish... Ishq, sevgi, muhabbat, sogʻinch azobi, kutish toqati, uyqusizlik, ruhiyatiga yoqqan musiqani qayta-qayta eshitaverib toʻymaslik, ishqiy sarguzashtga boy kino va sahna ko‘rinishlarini hayajon bilan tomosha qilish, bu yoʻnalishda mahorati boʻlsa-boʻlmasa surat chizish, she’riy misralar bitish, ishqiy maktublar yozish, qoʻshiqlarni xirgoyi qilish, devona-yu telbalarga xos odatlar orttirish… Sanayversa adogʻi yoʻq... Bunday tashxisi serob “dard”ning yana bir da’vosi — mutolaa… Yaxshi kitob, tanish tuygʻular tarannumi, ishqiy sarguzashtga boy voqea-hodisalar rivoji haqidagi adabiyotning oʻz oʻquvchilari bor. Muallif Elzod Sultonovning navbatdagi kitobi “Yuragimda sensan...” deb ataladi. “Yuragimda sensan...” yoxud yurak tomchilari bilan yozilgan badihalar to‘plami — Siz kutgan asar! Marhamat, o‘qing, nozik tuyg‘u tarannumiga bag‘ishlangan mazkur nashr Siz aziz kitobxonlar uchun ajoyib tuhfa!
- Sahifalar soni
- 208
- Til
- O'zbek
- Muqova turi
- Qattiq muqova
- Nashr yili
- 2024
- Yozuv turi
- Lotin
40 000 so'm
Hozircha tugagan
Sharhlar
Sharh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!
O'xshash kitoblar

Qanday qilib ko'proq do'stga ega bo'lish va odamlarda yaxshi taassurot qoldirish mumkin?
Deyl Karnegi


