K
Bosh sahifa
Blog
To'qson uchinchi yil

Badiiy

To'qson uchinchi yil

Viktor Gyugo

"To'qson uchinchi yil" - Viktor Gyugoning inson irodasi, fojia va jasorat tabiatiga bag'ishlangan so'nggi buyuk romanlaridan biri. Asarda qahramonlar taqdiri orqali har qanday tarixiy davrda dolzarb bo'lgan masalalar: insonning ichki burchi, axloqiy tanlov, sadoqat va halokat o'rtasidagi murakkab muvozanat yoritiladi. Gyugo qahramonlarini siyosiy yoki mafkuraviy tamg'alamaydi. Ularning har biri o'z e'tiqodi, vijdoni va shaxsiy mas'uliyati bilan yashaydi. Shu jihatdan roman qahramonlari tarixiy vogealarnigina emas, avvalo, inson tabiatining o'ziga xos, dramatik qirralarini namoyon qiladi. Uslub jihatdan "To'q-son uchinchi yil" Gyugo qalamiga xos epik kuch, dramatik dinamika va inson ruhiga chuqur nazar soluvchi badiiy ehtiros bilan to'lgan asar. U o'quvchini ulkan voqealar emas, balki o'sha voqealar orasida o'zini yo'qotmagan insonning ichki qiyofasi bilan uyg'otadi. Roman faqat bir davr hagida emas, balki har bir avlodga taalluqli ulkan bir savolni qo'-yadi: inson kim va u o'z tanlovining narxiga tayyormi? Klassik adabiyot durdonasi bo'lgan Viktor Gyugoning mazkur romani o'zbek kitobxonlariga munosib tuhfa bo'lishiga umid qilamiz.

Sahifalar soni
464
Til
O'zbek
Muqova turi
Qattiq muqova
Nashr yili
2024
Yozuv turi
Lotin

75 000 so'm

Hozircha tugagan

Sharhlar

Sharh qoldirish uchun tizimga kiring.

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar

O'tkan kunlar

O'tkan kunlar

Abdulla Qodiriy

36 000 so'm
Qilichsiz samuray

Qilichsiz samuray

Kitami Masao

30 000 so'm