Bosh sahifa
BlogYangiliklarENIngliz kitoblariRURus kitoblari
"Surgun"dagi sarguzashtlar (qattiq muqova)

Detektiv va fantastika

"Surgun"dagi sarguzashtlar (qattiq muqova)

Komil Sindarov

Komil Sindarovning «O‘zbek detektivi» seriyasidagi kitoblari bugun o‘z o‘quvchisiga ega turkum asarlar sirasiga kirib ulgurdi. Yozuvchining soha vakili ekanligi aksariyat kitobxonlarga aën, bilmaganlar esa asar mutolaasidayoq muallifning sohani yaxshi bilishini anglaydi. Bu jihatni taʼkidlashimizning sababi aynan shu nuqta muallif asarlarining muvaffaqiyat garovidir. Yozuvchi qalamga olgan jinoyat turi davr uchun ahamiyatsiz mavzu emas, ikkinchidan, ijtimoiy voqelik qayta takrorlanmasligi uchun mohiyatni oshkor qilish va uni bor asrori bilan ko‘rsatish, so‘zsiz, qo‘l siltab qo‘yadigan mavzu emas. Navbatdagi - mazkur o‘ninchi kitobda ham muallif avvalgi qahramonlar ishtirokini taʼminlagan. Farqi - jinoyat turining boshqaligi, rakurs o‘zgarganligi, yozuvchining xulosasi. Ish jarayonlari sabab tergovchi “surgun”ga uchraydi. Ammo malakali xodim ish ham, joy ham tanlamaydi. “Surgun”da ro‘baro‘ bo‘lgan murakkabliklarga o‘z salohiyatiyu sinchkovligi bilan yechim topadi. «fosh etilmaydigan jinoyat bo‘lmaydi, chunki jinoyatchi har qancha ustomon bo‘lsa-da, albatta, bitta xato qiladi va iz qoldiradi» - tergovchi Rahmonovning kasbiy shiori qanchalik haq va hayotiy ekanligini mutolaa yakunida bilib olasiz.

Sahifalar soni
352
Til
O'zbek
Muqova turi
Qattiq muqova
Nashr yili
2022
Yozuv turi
Krill

45 000 so'm

Sharhlar

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar

Дюна

Дюна

Герберт Ф.
105 000 so'm
Прилив

Прилив

Агата Кристи
45 000 so'm
Дюна

Дюна

Герберт Ф.
105 000 so'm
Прилив

Прилив

Агата Кристи
45 000 so'm