Bosh sahifa
BlogYangiliklarENIngliz kitoblariRURus kitoblari
Jayhun ustida bulutlar

Badiiy adabiyot

Jayhun ustida bulutlar

Mirkarim Osim

Mirkarim Osim (1907 - 1984) O‘zbek adabiyotida afsonalar asosida badiiy asarlar yaratgan adib. 1907 yilda Toshkentda ziyoli oilasida tug‘ilgan. U dastlab eski makdabda, keyinchalik "Shams ul-urfon" nomli boshlang‘ich maktabda, 1921 - 1924 yillarda esa Navoiy nomidagi Respublika bilim yurtida tahsil ko‘radi. Adib “O‘tror”, “To‘maris”, “Shiroq”, "Temur Malik", "Mahmud Tarobiy", "Aleksandr va Spitamen", "Mohlaroyim va Xonposhsha", "Karvon qo‘ng‘irog‘i", “Elchilar”, "Zulmat ichra nur", "Jayhun ustida bulutlar", "Ibn Sino qissasi", "Aljabrning tug‘ilishi", "Singan setor", Alisher Navoiy haqida hikoya qiluvchi “Astrobod”, "Alisher Navoiy va Darvishali", “Badarg‘a”, "Navoiyning xislatlari", "Ulug‘bek va Navoiy" kabi hikoya va qissalar ham yozgan. Asarlari tarixchi olim va adiblarimiz uchun asosiy manba vazifasini o‘tagan. Mirkarim Osim rus yozuvchisi M. Sholoxovning "Tinch oqar Don", S. Borodinning "Eldirim Boyaazid" nomli romanlarini, L. Batning "Hayot bo‘stoni" qissasini va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Adib "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" unvoni va "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2002 y.) bilan taqdirlangan. Taqdim etilayotgan ushbu to‘plamda yozuvchining To‘maris, Kitobga ixlos, Jayhun ustida bulutlar, O‘tror, Zulmat ichra nur qissalari o‘rin olgan.

Sahifalar soni
288
Til
O'zbek
Muqova turi
Yumshoq muqova
Nashr yili
2020
Yozuv turi
Lotin

25 000 so'm

Sharhlar

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar

Ла Элиза

Ла Элиза

Ана Шерри
105 000 so'm
Мы

Мы

Евгений Замятин
55 000 so'm
Уильям Моэм

Уильям Моэм

Театр
55 000 so'm
Ла Элиза

Ла Элиза

Ана Шерри
105 000 so'm
Мы

Мы

Евгений Замятин
55 000 so'm
Уильям Моэм

Уильям Моэм

Театр
55 000 so'm