Bosh sahifa
BlogYangiliklarENIngliz kitoblariRURus kitoblari
O'zingga mehr ila

Psixologiya va shaxsiy rivojlanish

O'zingga mehr ila

Olga Primachenko

"O‘zingga mehr ila" kitobi bu o‘z-o‘zini sevishga yangicha va to‘g‘ri tashlangan nazardir. Ushbu kitob - meditatsiya kitobi bo‘lib, insonni ichki suhbatga chorlaydi va ko‘plab boshqa ovozlar orasidan uning aynan o‘z ovozini eshitishiga yordam beradi.Ushbu kitob o‘ziga befarq bo‘lmaganlar uchun. Uzoq vaqt mobaynida o‘zining istaklarini anglamagan va eʼtiborsiz qoldirganlar uchun. O‘zining his-tuyg‘ularini yashirgan, O‘zining mavjudligini qabul qilmagan va o‘zining betakror jihatlarini nima ekanini bilmagan, ammo bugun o‘z-o‘ziga do‘st bo‘lishni istaganlar uchun. Ushbu kitobning istalgan sahifasini ochib, yelkangizdan tog‘ ag‘darilganini, nafasingiz yengillashganini, fikrlaringiz oydinlashganini his qilishingiz mumkin. Va vujudingiz bo‘ylab o‘zingizga bo‘lgan mehringizning to‘lqinlari jo‘sh uradi. Kitob muallifi jurnalist, LADY.TUT.BY sobiq bosh muharriri va Gnezdo.by blogi muallifi Olga Primachenko o‘quvchilarga muhim narsalar haqida, yaʼni u his-tuyg‘ularingizni, istaklaringizni va tanangizni boricha qabul qilish, maqsad va chegaralarni belgilab olish, o‘z atrofingizda kerakli makonni yaratish, shuningdek, dunyo va insonlar bilan o‘zaro barqaror munosabatda bo‘lish haqida so‘zlaydi. Kitob so‘nggida esa o‘quvchini 31 kunlik o‘zini sevish amaliyoti kutib turibdi.

Sahifalar soni
288
Til
O'zbek
Muqova turi
Yumshoq muqova
Nashr yili
2022
Yozuv turi
Krill

50 000 so'm

Sharhlar

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar

Love Yourself tender

Love Yourself tender

Olga Primachenko
50 000 so'm
Meditations

Meditations

Marcus Aurelius
50 000 so'm
Love Yourself tender

Love Yourself tender

Olga Primachenko
50 000 so'm
Meditations

Meditations

Marcus Aurelius
50 000 so'm