Bosh sahifa
BlogYangiliklarENIngliz kitoblariRURus kitoblari
Da Vinchi siri

Detektiv va fantastika

Da Vinchi siri

Den Braun

"Da Vinchi siri” ilk bor (2003 yil) savdoga chiqqan haftaning o‘zidayoq savdo ko‘rsatkichi bilan “The New York Times” gazetasida, “The Wall Street Journal” va “San-Fransisko” yilnomalarida birinchi o‘rinni, keyinchalik mamlakatdagi eng yirik sotuvchilar reytingida yuqori o‘rinni egallagan. Ushbu asar jahonning 44 tiliga tarjima qilingan bo‘lib, bugungi kunga qadar butun dunyo bo‘ylab 81 milliondan ortiq nusxada sotilgan asar. Faqat ugina mashhur rassom Leonardo da Vinchi asarlarida yashiringan sirli kodni aniqlay oladi... Yolg‘iz u kuch-qudrat beruvchi diniy qadamjolar, muqaddas qadriyatlarning aql bovar qilmaydigan salohiyatini anglaydi... Insoniyat asrlar davomida bosh qotirgan ulkan va sirli jumboq kalitini tanho u topishi mumkin... «Da Vinchi siri» romanida muallif o‘z ijodiy izlanishlarini, tajribalarini jamlab, asar bosh qahramoni, ikonografiya va din tarixi mutaxassisi, Garvard universiteti professori Robert Lengdonda aks ettirdi. Roman Luvr muzeyida tunda sodir etilgan qotillik haqida xabar beruvchi bexos chalingan telefon qo‘ng‘irog‘idan boshlanadi. Muzeyning keksa qo‘riqchisi jasadi yonidan shifrlangan yozuv topiladi. Leonardo da Vinchining ishlarida yashiringan sir aynan shu yozuvda edi. Jumboq ortida nimalar yashiringanini Robert Lengdon sarguzashtlarida ketma-ket bilib olasiz...

Sahifalar soni
336
Til
O'zbek
Muqova turi
Qattiq muqova
Nashr yili
2023
Yozuv turi
Krill

50 000 so'm

Sharhlar

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar

Дюна

Дюна

Герберт Ф.
105 000 so'm
Прилив

Прилив

Агата Кристи
45 000 so'm
Дюна

Дюна

Герберт Ф.
105 000 so'm
Прилив

Прилив

Агата Кристи
45 000 so'm