
Psixologiya va shaxsiy rivojlanish
Hech bir uchrashuv tasodif emas
Hakan MengyuchTaqdir insondan voz kechmaydi. U har on qayta va qayta yozilaveradi. Shunday paytlar bo‘ladiki: "Bu ishni qilmayman", — deysan-u, lekin qilishga majbur bo‘lasan. "Endi bunga chiday olmayman", deysan-u, ammo, baribir, chidaysan. "Buni seva olmayman", deysan-u, biroq yana sevasan. "Voz kechib ketolmayman", deysan-u, lekin bir lahzada voz kechib keta olasan. “O‘ldim”, deysan-u, ammo yashashda davom etasan. Bir sufiy va hayotda o‘z maqsadini topa olmagan bir yosh qiz o‘zligini anglash, o‘z shaxsini yangidan kashf etish uchun birgalikda yetti kunlik safarga yo‘l olishadi. Ular o‘zlarini oldinda nimalar kutayotganini bilishmaydi. Taqdirdan boshqa ishonadiganlari va suyanadiganlari yo‘q. Shahardan shaharga yetti kun pulsiz, oziq-ovqatsiz va, eng muhimi, hech qanday rejalarsiz sayohat qilishadi va safar boshlagan joyiga qaytganlarida endi hech narsa avvalgidek bo‘lmasligini anglaydilar. Yetti kun ichida ham odam o‘zgarishi mumkinmi?.. Taqdirni qayta yozish mumkinmi?.. Albatta, yetti kun ichida hammasi o‘zgarishi mumkin... Xuddi qamishzordagi bir qamishning ettu bor sayqallanganidan keyin yoqimli ohanglar taratuvchi “nay”ga aylanganidek...
- Sahifalar soni
- 224
- Til
- O'zbek
- Muqova turi
- Yumshoq muqova
- Nashr yili
- 2022
- Yozuv turi
- Lotin
50 000 so'm
Sharhlar
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!











