Bosh sahifa
BlogYangiliklarENIngliz kitoblariRURus kitoblari
Finlandiya ta'lim mo'jizasi

O'quv qo'llanmalari

Finlandiya ta'lim mo'jizasi

Timoti Uoker

2001 yilda o‘n besh yoshli fin o‘quvchilari o‘qish, matematika, va tabiiy fanlar bo‘yicha tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini baholash uchun mo‘ljallangan "Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi" (PISA)da eng yuqori ball olgani butun dunyoni hayratda qoldirdi. PISA testi natijalari sabab Finlyandiya maktablarining taʼlim tizimi eng yaxshi deb tan olingach, dunyoning barcha qitʼalaridagi pedagoglar fin hamkasblarining siri nimada ekanligini bilish uchun ularning tajribalarini o‘rganishga kirishdilar. Xelsinkidagi maktabda ikki yil ishlagan amerikalik o‘qituvchi Timoti Uoker fin maktablaridagi muvaffaqiyatning zamirida juda oddiy tamoyil - o‘quv jarayonlarida quvonch mavjudligini taʼkidlaydi. Qisqa o‘quv kuni, yengil uy vazifalari va kam standartlashtirilgan testlar - bu faqat samarali taʼlim tizimining tashqi jihatlari, xolos. Uoker o‘z kitobida fin taʼlim tizimi qanday tashkil etilgani, nima uchun o‘quvchilar bilan ularning baholarini muhokama qilish kerakligi, bolalarga ixtiyor erkinligini berish va ular bilan birgalikda kunni rejalashtirish o‘g‘il-qizning mustaqil bo‘lishiga qanday yordam berishi, devorlardagi ko‘rgazmali materiallarning haddan ziyod ko‘pligi o‘zlashtirishning pasayishiga olib kelishi, nega tanaffus chog‘ida o‘qituvchi bolalar bilan birga o‘ynashi muhimligi kabi masalalar haqida hikoya qiladi. Ushbu kitobda muallif o‘zbek maktablarida ham qo‘llasa bo‘ladigan 33 ta strategiyani taklif etadi.

Sahifalar soni
272
Til
O'zbek
Muqova turi
Yumshoq muqova
Nashr yili
2023
Yozuv turi
Lotin

56 000 so'm

Sharhlar

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar