
Badiiy adabiyot
Hellados
Nodar DumbadzeMazkur to'plamda gruzin adabiyotining yorqin vakili Nodar Dumbadzening uch mashhur asari: "Hellados" hikoyasi, “Kukaracha yoki nishonga tegmagan oʻqlar" qissasi va "Oq bayroqlar" romani jamlangan. Bu asarlarda muallif ijodining asosiy g'oyaviy yo'nalishi: insoniylik, mehr-oqibat, vatanparvarlik, sadoqat va hayot sinovlari oldida bukilmaslik yaxlit holda namoyon etilgan. "Hellados"da muallif vatanparvarlik tuyg'usini samimiy va ta'sirchan badiiy til orqali ochib beradi. "Kukaracha yoki nishonga tegmagan o'qlar"da esa hayotning kutilmagan burilishlari, haqiqat va adolat, inson intilishlarining murakkabligi ramziy tarzda ifodalanadi. "Oq bayroqlar" romanida esa urush va tinchlik, jasorat va qo'rqoqlik, do'stlik va xiyonat, umid va umidsizlik kabi mavzular chuqur falsafiy ruhda yoritiladi. Ushbu nashr o'quvchini nafaqat voqealar silsilasiga, balki inson ruhiyatining eng teran qatlamlariga olib kiradi. Kitob hayotni sevishga, odamlarni tushunishga va yaxshilikka ishonishga undaydi.
- Sahifalar soni
- 320
- Til
- O'zbek
- Muqova turi
- Yumshoq muqova
- Nashr yili
- 2026
- Yozuv turi
- Lotin
48 000 so'm
Sharhlar
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!











