Bosh sahifa
BlogYangiliklarENIngliz kitoblariRURus kitoblari
Voz kechilmas ayol bo'lish

Psixologiya va shaxsiy rivojlanish

Voz kechilmas ayol bo'lish

Hakan O'zkan

Voz kechilmas ayolning munosabatlari doimo oqilonalikka asoslanadi va bunday munosabatlar doirasida rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. Iltifotlidir, bo‘lib o‘tganlarni egmay, bukmay boricha so‘zlaydi. O‘rganishga va o‘zini rivojlantirishga qarshi emasligi, aksincha buni bajonidil qabul qila olish tabiati tufayli qarshisidagi odamni diqqat bilan tinglaydi. Ha, mana shu sabablar tufayli voz kechilmas ayollar o‘zaro munosabatlarda doimo muvaffaqiyatga erishadi. Voz kechilmas ayol o‘zidagi jamiki kuch-quvvatini, energiyani va salohiyatni o‘z maqsadiga erishish yo‘lida boshqalardan olmaydi, balki o‘z isteʼdodidan foydalanishdan, o‘z qoida va mezonlarini qatʼiy himoyalashidan, maqsadlariga erishish yo‘lidagi qatʼiyatidan oladi. Atrofidagi insonlardan ko‘rgan hurmat-eʼtiboriga esa o‘ziga xos ayol ekanligi, o‘zining kim ekanligini, o‘zini qanday tutish kerakligini aniq-ravshan bilishi, gapirganda odamlarni o‘ziga maftun etuvchi ovozi va muammolarga tezda yechim topadigan amaliy aql-zakovati orqali erishadi. Voz kechilmas ayolning ko‘zga ko‘ringan, eng ajoyib fazilatlardan biri shuki, u nafaqat nima istayotganini biladi, balki o‘z istagiga erishish uchun kuch, salohiyat va aqliy qobiliyatga ham egadir. Tarjimonlar: Muqaddas Abduvosilova, Ergashboy Matyoqubov

Sahifalar soni
288
Til
O'zbek
Muqova turi
Yumshoq muqova
Nashr yili
2022
Yozuv turi
Lotin

60 000 so'm

Sharhlar

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar

Love Yourself tender

Love Yourself tender

Olga Primachenko
50 000 so'm
Meditations

Meditations

Marcus Aurelius
50 000 so'm
Love Yourself tender

Love Yourself tender

Olga Primachenko
50 000 so'm
Meditations

Meditations

Marcus Aurelius
50 000 so'm