Bosh sahifa
BlogYangiliklarENIngliz kitoblariRURus kitoblari
Remark:Uch og‘ayni

Badiiy adabiyot

Remark:Uch og‘ayni

Erix Mariya

«Uch og‘ayni» romani rus tilida birinchi marta chop etilishi bilanoq katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, kitob ketma-ket millionlab nusxada nashr etildi. Shunda ham talabni qondirib bo‘lmadi. Odamlar romanni bir-birlaridan so‘rab olib o‘qishga kirishdilar. Kutilmaganda rasmiy doiralar, kommunistik mafkura himoyachilarining paytavasiga qurt tushib qoldi. Ular Remarkni g‘oyasizlikda ayblab, uning ijodiga shiddat bilan tosh ota boshladilar. Hatto «remarkchilik» degan mash’um atama ham paydo bo‘ldi. Bu sharpa O‘zbekistonga ham yetib keldi. Ayrim tanqidchi va yozuvchilarimiz, bizga Remark asarlari kerak emas, bu asarlar kommunizm qurayotgan yoshlarimizni yo‘ldan ozdiradi, deb g‘avg‘o ko‘tara boshladilar. Shu tufayli uning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga hech kim jur’at etmadi. Oradan qirq yil vaqt o‘tdi. Mana, nihoyat, shu kunlarga ham yetib keldik. Tarixning qudratli va qaysar charxpalagi o‘z ishini qildi... Endi, sizga taqdim etilayotgan «Uch og‘ayni» romaniga kelsak, asar qahramonlari jamiyatda biror lavozim yoki nufuzga ega bo‘lmagan «mayda» odamlar. Ammo ularning ham faylasuf olimlar va nazariyotchilarnikiga o‘xshamaydigan o‘z falsafalari va o‘z mantiqlari bor. Qizig‘i shundaki, biz ularning fikr-mulohazalari yoki xatti-harakatlariga e’tiroz bildirolmaymiz, aksincha, asarni o‘qish jarayonida jamiyat chetga surib tashlagan bu oddiy odamlarga hurmatimiz ortib boradi.

Sahifalar soni
512
Til
O'zbek
Muqova turi
Qattiq muqova
Nashr yili
2024
Yozuv turi
Lotin

65 000 so'm

Sharhlar

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar

Ла Элиза

Ла Элиза

Ана Шерри
105 000 so'm
Мы

Мы

Евгений Замятин
55 000 so'm
Уильям Моэм

Уильям Моэм

Театр
55 000 so'm
Ла Элиза

Ла Элиза

Ана Шерри
105 000 so'm
Мы

Мы

Евгений Замятин
55 000 so'm
Уильям Моэм

Уильям Моэм

Театр
55 000 so'm