Bosh sahifa
BlogYangiliklarENIngliz kitoblariRURus kitoblari
Uning ko'zlari

Badiiy adabiyot

Uning ko'zlari

Bo'zo'rg Alaviy

Buzurg Alaviyning ushbu asari sevgi, iztirob va ijtimoiy adolat orzusi uyg‘unlashgan adabiy shohasardir. Asar ilk bor 1952 yilda nashr etilgan bo‘lib, bugunga qadar fors adabiyotining eng muhim klassik namunalaridan biri sifatida o‘qilib kelinmoqda. Roman o‘quvchini XX asrning avvalgi o‘n yilliklaridagi Eron jamiyati, siyosiy bosimlar va yashirin kurashlar sahnasiga olib kiradi. Asar jamiyatda ziyolilarning mas’uliyati, ayollarning ichki dunyosi va erkinlik yo‘lida- gi intilish mavzularini o‘z ichiga oladi. «Uning ko‘zlari» - nafaqat shaxsiy qismat haqidagi roman, balki butun bir davr ruhiyatini, inson orzulari va iztiroblarini o‘zida mujassam etgan asar. Eron taraqqiyparvar yozuvchisi Buzurg Alaviy 1904 yil 2 fevralda Texronda tug‘ilgan bo‘lib, uning nomi nafaqat o‘z vatanida, balki dunyoning ko‘p mamlakatlarida mashxurdir. U dastlab Germaniyada ta’lim olib, so‘ng Eronga kaytib, ijodiy faoliyatini boshlaydi. Lekin 50-yillarning oxiriga kelib Germaniyaga ko‘chib ketadi va Berlin universitetida dars bera boshlaydi. Buzurg Alaviy 1997 yil 17 fevralda Berlin shahrida vafot etadi. «Uning ko‘zlari» romani demokratik harakatga va yashirin ozodlik yo‘lidagi faoliyatga bag‘ishlangan. Asar qahramoni Mokon irodasi mustahkam, tanlagan yo‘lidan kaytmas, qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan sardor. Romanning ikkinchi qahramoni Farangis esa boy xonadon vakili bo‘lib, hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Mokonga bo‘lgan qattiq va samimiy muhabbati tufayli u ham ozod- lik harakatiga qo‘shiladi va bu yo‘lda o‘zini fido qiladi. Asar boy uslubda, shirin tilda va yuksak did bilan yozilgan.

Sahifalar soni
320
Til
O'zbek
Muqova turi
Yumshoq muqova
Nashr yili
2025
Yozuv turi
Krill

82 000 so'm

Sharhlar

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!

O'xshash kitoblar

Ла Элиза

Ла Элиза

Ана Шерри
105 000 so'm
Мы

Мы

Евгений Замятин
55 000 so'm
Уильям Моэм

Уильям Моэм

Театр
55 000 so'm
Ла Элиза

Ла Элиза

Ана Шерри
105 000 so'm
Мы

Мы

Евгений Замятин
55 000 so'm
Уильям Моэм

Уильям Моэм

Театр
55 000 so'm