
Badiiy adabiyot
Ko'rlik
Joze SaramagoJoze Saramago — portugaliyalik yozuvchi, 1998-yilda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovar bo'lgan. U o‘z asarlarida falsafa, din, siyosat va hayotning mohiyatini o‘ziga xos uslubda tasvirlaydi. Uning yozish uslubida uzun jumlalar, nuqtali-vergul ko‘p ishlatish va ko‘pincha qo'shtirmoqli dialoglar bilan ajralib turadi ("Ko'rlik" romanida ham barcha diologlar qo'shtirnoq ichida yozilgan). “Ko‘rlik” (asl nomi: Ensaio sobre a cegueira) romani 1995-yilda yozilgan. Asar yozilishiga sabab sifatida yozuvchining insoniyatning axloqiy ko‘r bo‘lib qolayotganiga bo‘lgan xavotiri sabab bo‘lgan. U bu asar orqali jamiyat inqirozi va insoniy qadriyatlarning yo‘qolib borishini tasvirlamoqchi bo‘lgan. Saramago asar yozilganidan keyin shunday degan ekan: “Agar siz ko‘r bo‘lsangiz, bu sizning ko‘zingizda muammo bor degani emas. Bu qalbingizda, ongigizda va vijdoningizda ko‘rlik borligini anglatadi.” Asar mazmuni “Ko‘rlik” – nomaʼlum shaharda sodir bo‘lgan g‘ayritabiiy ko‘r bo‘lib qolish epidemiyasi haqida. Kasallik virus kabi tarqaladi va butun jamiyat tartibsizlikka yuz tutadi. Bu ko'rlik zulmatli ko'rlik emas aksincha, sutdek oppoq ko'rlik haqida. Epidemiya natijasida odamlar axloqiy qiyofasini yo‘qotadi, hamma joyda xaos kuzatiladi, zo‘ravonlik va hayvoniy instinktlar ustunlik qiladi. Asar markazida faqat ko‘r bo‘lmagan yagona inson – bir ayol turadi. U boshqalarga yordam beradi, lekin eng qiyin sinov, asliyatini, insoniyligini hamda o‘zligini yo‘qotmaslikdir. Kitob haqida qiziqarli faktlar Roman aniutopiya janrda yozilgan, lekin unda shahar, qahramonlar nomi keltirilmaydi — bu insoniyatni umumiy holda ko‘rsatish uchun qilingan. 2008-yilda ushbu roman asosida rejissyor Fernando Meirelles tomonidan "Blindness" filmi suratga olingan. Bosh rollarda Julianne Moore va Mark Ruffalo ishtirok etgan (faqat kitobni o'qib so'ng ko'rishni tavsiya qilaman). Kitob portugalliklar orasida eng ko‘p o‘qilgan asarlardan biri hisoblanadi va ko‘plab tillarga tarjima qilingan. Asarda faqat bir ayolning ko‘r bo‘lmasligi bu – umid, iroda va insoniylik timsolidir.
- Sahifalar soni
- 396
- Til
- O'zbek
- Muqova turi
- Yumshoq muqova
- Nashr yili
- 2025
- Yozuv turi
- Krill
80 000 so'm
Sharhlar
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!











