
Badiiy adabiyot
Tog'lar ham sado beradi (yumshoq muqova)
Xolid HusayniyAmerikalik afg‘on adibi Xolid Husayniy navbatda eʼtiboringizga havola etilayotgan asari orqali yana o‘sha mavzuga - urush hayotini barbod qilib yuborgan insonlar taqdiriga murojaat qiladi. Bu gal asarda yaxlit bir qahramon yo‘q. Pari, Abdulla, Parvona, Nabi, Markos, Adel, Idris, Vahdatilar - ularning har biri o‘z takdiri misolida yashayotgan jamiyati, o‘zini o‘rab turgan ijtimoiy muhit haqida o‘quvchida maʼlum tasavvur uyg‘otadi. Onasidan yolg‘iz yodgori - singlisini o‘z bag‘rida ulg‘aytirgan, ammo keyinchalik bolalik xotiralari butunlay unut bo‘lgan holda, boshqa ona bag‘rida ulg‘aygan qiz taqdiri; o‘z vijdoni oldida poklanishni istagan, birgina maktub orqali qalbidagi haqiqatlarni oshkor qilgan Nabi hayoti; yuzlarini it tanib bo‘lmas darajaga solgan qizining kelajak hayotini butunlay dugonasi izmiga tashlab, “oshig‘i” ortidan ketgan ayol qismati - ularning hammasi haqida ushbu kitobda o‘qiysiz.
- Sahifalar soni
- 240
- Til
- O'zbek
- Muqova turi
- Yumshoq muqova
- Nashr yili
- 2021
- Yozuv turi
- Krill
35 000 so'm
Sharhlar
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'ling!











